Inglizlar Shmeyxelning ko'ziga tushirilgan lazer uchun jazolanishdi

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2021, 01:55
UEFA Angliya futbol assotsiatsiyasini jazoladi.

UEFA tashkiloti Angliya futbol assotsiatsiyasini Evro-2020 yarim finalidagi tartibsizliklar uchun 30 ming evro jarimaga tortdi. Bu haqida UEFA rasman malum qildi.

7 iyul kuni o'tkazilgan Angliya - Daniya (2:1) uchrashuvida Xarri Keyn penaltini amalga oshirgandi. Aynan o'sha vaziyatda darvozabon Kasper Shmeyxelning ko'ziga tomoshabinlar lazer nurini tushirishgandi. 

Shu bilan birgalikda, angliyalik muxlislar maydonda pirotexnika vositalaridan ham foydalanishgan, davlat madhiyalari paytida tartibsizlik keltirib chiqarishgan.

UEFA aynan shu qoidabuzarliklar sabab 30 ming evro jarima jazosi tayinladi.

Eslatib o'tamiz, 11 iyul, soat 23:59 da Angliya va Italiya termalari o'rtasida Evro-2020 final o'yini bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA.com