Inesta: "Ronaldu? Xavi ko'plab futbolchi va insonlar uchun afsona hisoblanadi"

Aslanov Jasurbek
23 sen 2016, 13:14
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning Xavi haqida aytgan gaplariga izoh berdi.

Oldinroq Xavi Ronalduning omadi yo'qligini, chunki u Messi bilan bir davrda yashayotganini aytgan. Krishtianu javob tariqasida, unda 3 ta "Oltin to'p" borligini va Xavi Qatarda o'ynashini takidlagan.

"Ronaldu? Xavi ko'pchilik futbolchi va insonlar uchun futbo afsonasi hisoblanadi. U deyarli barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan" - deydi Inesta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca