Inesta "Barselona"ga murabbiy sifatida qaytmoqchi

Alisher
10 yanv 2020, 11:54
"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta kelajakda murabbiy bo'lish imkoniyatini istisno qilmadi.

U o'z kuchini Kataloniya klubida sinab ko'rmoqchi. Ammo, bu hali orzu. Sababi Inesta hali ham "Vissel Kobe"da o'yinchi sifatida faoliyat yuritmoqda.

"Murabbiylik mavzusi meni juda qiziqtiradi. Hayotimning qaysidir qismida "Barselona"ga qaytishga qarshi emasman. Biroq bular nazariy taxminlardir. Hozir esa futbol o'ynashni davom ettiraman", - deydi Inesta.

Eslatib o'tamiz, Andres Inesta 2002-2018 yillar davomida "Barselona" sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca