Indoneziyaning 24 yoshli futbolchisi O'zbekistonga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Omonjon To`xtamirzayev
27 sen 2023, 11:05
Yarim himoyachining sariq kartochkalari ko'payib ketgan.

Indoneziya olimpiya terma jamoasining Osiyo o'yinlariga jalb qilingan futbolchilaridan biri Rachmat Irianto O'zbekistonga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Yarim himoyachi guruh bosqichi doirasida Xitoy Taypeyi va Shimoliy Koreyaga qarshi uchrashuvlarda ogohlantirilgan, shu bois diskvalifikaciyaga uchragan.

Raqiblarimiz tarkibida boshqa yo'qotishlar mavjud emas.

Eslatib o'tamiz, Osiyo o'yinlarining 1/8 finalidan o'rin olgan O'zbekiston - Indoneziya uchrashuvi 28 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia