Inda: "Barselona" rahbariyati Suaresning ketishini istamoqda"

Mirjalol Normatov
16 may 2018, 21:58
"OkDiario" eksperti Eduardo Indaning xabariga ko'ra, "Barselona" rahbariyati Luis Suaresni ketkazib yubormoqchi.

"Barselona" rahbariyatining ko'pchilik qismi Luis Suaresning ketishini istashmoqda. Birinchidan, u Leo Messining o'yiniga xalaqit qilmoqda. Ikkinchidan, yanvar oyida u 32 yoshga kiradi. Shuningdek, aynan u jamoaning YCHLda chiqib ketishiga asosiy aybdor. Suares YCHL doirasidagi so'nggi 18 uchrashuvida 2tagina gol urdi", - dedi ekspert.

Suares bu mavsumda 50 uchrashuvda maydonga tushdi va 31 gol urib, 9 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OkDiario