Ilkay Gyundogan yangi shartnoma haqida o'ylamayapti
13 fev 2014, 20:25
"Borussiya" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan hozircha jamoa bilan yangi shartnoma imzolash haqida o'ylamay, tezroq sog'ayib, maydonga qaytishga butun e'tiborini qaratgan, deya xabar bermoqda Kicker.
Futbolchi agentining so'zlariga ko'ra, Gyundoganga Yevropaning ko'plab kuchli klublaridan qiziqish va takliflar mavjud. Ilkayning o'zi esa faoliyatini "Borussiya"da davom ettirishni istaydi.