Ilhom Mo'minjonov: "Neftchi" va "Navbahor". Qanday o'zaro bog'liq fakt bor?"

Aslanov Jasurbek
15 noya 2021, 20:17
Bugun Pro-ligada 19-tur uchrashuvi bo'lib o'tganidan xabaringiz bor. Farg'onaning "Neftchi" klubi o'z maydonida "Buxoro"ning "Nurafshon" jamoasiga qarshi maydonga chiqib 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.

O'yin yakunida saytimiz muxbiri Bekzod Tolibov va Farg'ona jamoasi bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonovlar o'rtasida kichik dialog yuzaga keldi. Hozir norasmiy tarzda o'tkazilgan mazkur dialogni to'laligicha e'tiboringizga havola etamiz.

- Ilhom aka, bugun "Neftchi" o'z maydonida mavsumning so'nggi uchrashuvini o'tkazdi. Muxlislar bugun jamoadan faqat g'alaba kutishgandi, yakunda qayd etilgan durang natijaning sababi nima?

- Matbuot anjumani davomida aytib o'tdim, biz Pro liga chempionligini muddatidan avval hal etib ulgurdik. Shu sababdan 3-4 nafar tajribali futbolchilarga dam bergan holda bugungi uchrashuvda asosan yosh va o'yin amaliyoti kam futbolchilarga imkoniyat berdik. Darvozamiz tomon ikki marta penalti belgilandi. Birinchisini Mashhur Muhammadjonov mahorat evaziga qaytardi. Afsus, himoyachimiz o'yinning so'ngi daqiqalarida o'ta qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, yani to'pni qo'li bilan o'ynadi. Natijada ikkinchi penaltidan gol o'tkazib yubordik.

- Mavsum yuzasidan muxlislarga nimalarni aytgan bo'lardingiz?

- Albatta, butun chempionat davomida bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bmldiraman. Qiziq fakt shuki, biz mavsum davomida o'z maydonimizda o'tgan bironta o'yinda yutqazmadik. Aytish joiz bo'lsa, buni ham e'tiborga olish zarur, "Navbahor" muxlislari ham yaxshi bilishadi, jamoada bosh murabbiy sifatida ishlagan vaqtimda uydagi o'yinlarda birorta mag'lubiyat qayd etilmagan, deydi Ilhom Mo'minjonov saytimiz muxbiri bilan o'zaro suhbatda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia