Ilhom Mo'minjonov: "Futbolchilarimning hammasiga 10 ball qo'yaman"

Xayrulla Xoliqov
9 mar 2018, 13:22
Kecha Superliganing 2-tur doirasida AGMK - "Navbahor" bahsi bo'lib o'tdi. Olmaliq shahrida kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

O'yin tugaganidan so'ng ancha paytgacha kutdik, ammo hech qaysi jamoa bosh murabbiyining uchrashuvdan keyingi fikrlari chiqmadi. Natijada "Navbahor" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonovga qo'ng'iroq qilib, fikrlari bilan qiziqdik.

"Kecha o'yindan keyin matbuot anjumani o'tkazilmadi, - deydi Mo'minjonov. - Mendan maydonning o'zida intervyu olamiz deyishdi. Aslida-ku buni intervyu deb ham bo'lmaydi. Chunki hech kim savol bermadi. Ikki og'iz o'z fikrimni aytdim bo'ldi. Kecha aytgan gapimni yana takrorlashim mumkin: AGMK bilan o'yinda futbolchilarimning hammasiga 10 ball qo'yaman. Yaxshi o'yin bo'ldi, jamoamiz sardori Dilshod Jabborov o'n daqiqaga maydonga tushib masalani hal qildi. Qo'lga kiritilgan yutuq bilan Namangan ahlini va jamoamiz muxlislarini chin dildan tabriklayman".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia