U yerda mahalliy “Navro'z” jamoasi urganchning “Umid nihollari-2015” jamoasini qabul qildi. O'yin avvalida viloyat futbol federatsiyasi va Yangiariq tumani hokimligi vakillari ishtirokida joriy yilgi musobaqaning ochilish marosimi tashkil etildi. Tantanada qatnashgan tuman hokimi, tuman futbol federatsiyasi prezidenti K. Sobirov birinchilik ishtirokchilariga omadlar tiladi. Shuningdek, stadionga yig'ilganlar qishloq o'yingohini qurishda va uni ko'rkam tus olishida oilasi bilan jonbozlik qo'rsatgan, asli kasbi shifokor bo'lgan Bahodir Sobirovga minnatdorchilik hissini bildirishdi. Qiziqarli kechgan mazkur uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi.
Turning ikkinchi o'yini Urganch shahrida bo'lib o'tdi. Unda “UrDU” va “Urganch OZK-1” jamoalari maydonga tushishdi. Unda oliygoh talabalarining qo'li baland keldi, 5:2. Gurlan tumanida o'tkazilgan “Gurlan” va “Shoxobod”(Shovot tumani) jamoalari o'rtasidagi o'yinda maydon egalari 4:2 hisobida zafar quchishdi.
Ikrom XUDOYBERGANOV.