Iguain eng kuchli 3 futbolchi ro'yxatiga Ronaldu va Messini qo'shmadi

Alisher
17 noya 2020, 11:37
"Inter Mayami" hujumchisi Gonsalo Iguain ayni damda o'zi uchun eng kuchli uch o'yinchining nomini aytdi.

Qiziqarlisi, u eng kuchlilar qatorida Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni kiritmadi.

"Ayni damda men uchun Robert Levandovski, Erling Xoland va Karim Benzema eng kuchlidir. Benzema 10 yildan ko'p muddat davomida yuqori darajada o'ynamoqda, Levandovski muntazam ravishda gollar urmoqda. Xoland katta imkoniyatga ega va hozir ham eng zo'r to'purarlardan hisoblanadi", - deydi Iguain.

Eslatib o'tamiz, Iguain Yevropada "Real", "Yuventus", "Milan" va "Chelsi"dagi o'yinlari bilan tanilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: A Bola