Ignatiy Nesterov: "Terma jamoa safida yana bitta o'yin o'tkazaman. Keyin ketaman"

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2019, 22:56
Avstraliya - O'zbekiston uchrashuvidan keyin Ignatiy Nesterov o'z fikrlarini bildirdi.

"Men darvozani yaxshi qo'riqlaganimning zamirida sheriklarimning harakati yotibdi. Ular menga yordam berishdi. Bugun munosib o'yin namoyish etdik deb o'ylayman. Bizga bunday raqibga qarshi bahsda biroz tajriba yetishmadi. Hech nimaga qaramay biz xarakter namoyish etdik.

Menimcha Toshkentda yana bitta xayrlashuv o'yinini o'tkazaman keyin terma jamoadan ketsam kerak.

Bu erga kelib bizni qo'llab quvvatlagan barchaga, O'zbekistonda qolgan barcha barcha muxlislarga rahmat aytaman. Video orqali menga ishonch bag'ishlagan oilamga minnatdorchilik bildiraman",  - deydi Ignatiy Nesterov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia