Ichimdagi dushmanlarim! Unai Emeri Neymar va Kavani mojarosini OAVga etkazib turgan futbolchini topdi

3 fev 2018, 09:10
Neymar va Kavani mojarosini OAVga etkazib turgan futbolchi aniqlandi.

Le Parisien xabariga ko'ra, yaqindagina “Tottenxem” safiga o'tgan Lukas Moura PSJni jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri bilan yomon munosabatda bo'lgani uchun tark etgan. Qayd etilishicha, Unai Emeri Lukasni OAVga Neymar va Kavani o'rtasidagi janjal to'g'risidagi ma'lumotlarni etkazib turishda ayblamoqda.

Avvalroq Mouraning o'zi ham parijliklar safida o'zini noqulay his qilayotganini takidlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Le Parisien