Ibrohim Ibragimov: "Maqsadim – "Paxtakor" bilan yaxshi natijalar ko'rsatish"

Narzulla Saydullayev
5 avg 2024, 13:43
Yozgi transfer oynasi vaqtida "Paxtakor" klubiga qo'shilgan yarim himoyachi Ibrohim Ibragimov kecha Championat.asia saytiga intervyu berdi.

"Xalq jamoasi hisoblangan "Paxtakor"ga o'tganimdan xursandman. Olimpiya terma jamoasidagi ishtirokimizni yakunlab, yangi klubimga qo'shildim. Bugun sobiq klubimiz "Olimpik"ka qarshi o'ynadik va shu orqali O'zbekiston chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirdik", - dedi Ibrohim Ibragimov.

- Jamoadagi muhit qanday?

- “Paxtakor”dagi muhit a'lo darajada, yaxshi kutib olishdi. Ko'pchilik futbolchilar tanish, tengqurlarim ham bor, akalarimiz ham bor. Bir oila bo'lib harakat qilyapmiz.

- Bosh murabbiy bilan gaplashib oldingizmi? U sizga nimalar dedi?

- Bosh murabbiy va rahbariyat bilan gaplashib oldik. O'zbekiston chempionatida g'olib bo'lish, mamlakat kubogini ham qo'lga kiritish kerak. Elit Osiyo chempionlar ligasida ham maksimal ishtirok etishni maqsad qilganmiz.

- Shaxsiy maqsadlaringiz qanday?

- Bu yilgi maqsadim, avvalo, “Paxtakor” bilan yaxshi natijalar ko'rsatish. Yana bir maqsadim – O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynash. Kelajakda esa Yevropaning eng yaxshi klublarida to'p tepish.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia