Ibragimovich va Bekxem Shvetsiya - Angliya uchrashuvi uchun bahs boylashdi

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2018, 14:05
Shvetsiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich va Angliya terma jamoasi eks-yarim himoyachisi Devid Bekxem ushbu jamoalar o'rtasida bo'lib o'tadigan JCH-2018 1/4 final uchrashuvi uchun bahs boylashdi.

"Hoy, Devid Bekxem. Agar Angliya Shvetsiyani mag'lub etsa, dunyoning istalgan nuqtasida mening hisobimdan kechki ovqat tashkil qilaman. Biroq, agar Shvetsiya g'olib bo'lsa "IKEA" do'konidan (Sifatli uy jixozlari va mebellar ishlab chiqaruvchi kompaniya) istagan narsamni olib berasan, bo'ladimi?" - deya "Instagram" orqali Bekxemga murojaat qildi Ibragimovich.


"Agar Shvetsiya g'olib bo'lsa, shaxsan o'zim seni "IKEA"ga olib boraman va Los-Anjelesdagi yangi koshonang uchun istaganingni xarid qilaman. Biroq Angliya g'alabasidan so'ng, sen bizning milliy jamoa libosida "Uembli"da o'tadigan bahsda Angliyani qo'llab-quvvatlashingni xohlayman" - deya javob qaytardi Bekxem.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/iamzlatanibrahimovic/