Ibragimovich shartnoma haqida: “O'ylaymanki, “Milan”da abadiy qolaman”

Eldor Akmurzayev
6 dek 2021, 10:00
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich klub bilan yangi kelishuv haqidagi savolga javob berdi.

Uning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

“Shartnomam hech qachon tugamaydi deb o'ylayman. “Milan” rahbariyati shartnomamni uzaytirishim uchun bosim ostida tursin (kuladi).

O'ylaymanki, “Milan”da abadiy qolaman va o'ynashda davom etaman”, deydi 40 yoshli shved.

Zlatan A Seriya joriy mavsumida 9 o'yinda qatnashib, 6+1 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano