Ibragimovich "Milan"dagi faoliyati haqida: "Bosim juda katta. Nonushtaga ham bosimni eymiz"

Mirjalol Normatov
2 avg 2024, 22:54
Sobiq futbolchi Zlatan Ibragimovich "Milan"dagi menejerlik faoliyati haqida gapirdi.

"Jamoaga ko'p narsani berish uchun hali ancha muncha o'rganishim kerak. Menda tajriba bor, biroq bu futbolning boshqa tomoni bilan bog'liq edi. Men yaxshi, eng zo'r insonlar bilan ishlayapman, ular meni hayotga tayyorlashmoqda. Bundan zavq olyapman.

Bundagi mas'uliyat juda katta, biroq kim buni yaxshi ko'rmaydi? Biz bu bilan kurasha olamiz. Biz nonushtaga ham bosimni eymiz.

Eng qiyini shundan iboratki, ushbu futbolchilarni futbolchilik paytimda ham tanirdim, endi esa ularning kelajagini hal qilyapman, bu esa oson emas. Qarorlar doimo og'ir bo'ladi, biroq hozircha hammasi yaxshi", - dedi Zlatan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal