Ibragimovich jarohat sabab "Empoli" bilan o'yinni o'tkazib yuboradi

Narzulla Saydullayev
21 dek 2021, 23:16
Futbolchining tizzasi lat egan.

"Milan" klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich Italiya A Seriyasining 19-turidan o'rin olgan "Empoli"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi. Bu haqida  klubi bosh murabbiyi Stefano Pioli matbuot anjumanida ma'lum qildi.

"Zlatan ertaga tizzasidagi jarohat tufayli maydonga tushmaydi", -dedi bosh murabbiy.

Insayder Janluka Di Marcio futbolchining chap oyoq tizza qismidagi muammo mashg'ulotlarda, ortiqcha yuklama sabab yuzaga kelganini xabar qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: www.acmilan.com