Hojimat Erkinov "Paxtakor"ga qaytdi

Eldor Akmurzayev
30 avg 2020, 19:30
AGMK futbolchining keyingi faoliyatiga omad tiladi.

"AGMK futbol klubi yil avvalida jamoamizga Paxtakordan ijara asosida kelib qo'shilgan iqtidorli yosh futbolchi - Hojimat Erkinovga yarim mavsum davomida ko'rsatgan ajoyib o'yinlari va AGMK libosidagi mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiradi. O'zaro kelishuvga ko'ra, Hojimat Erkinov transfer huquqi tegishli bo'lgan Paxtakor jamoasiga qaytdi.

AGMK ahil jamoasi Hojimat Erkinovga Paxtakor libosidagi OCHL doirasidagi bo'lajak o'yinlarda omad va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi!", deya yoziladi klub xabarida.

Ma'lumot uchun: Hojimat Erkinov AGMK safida 10 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: t.me/pfcagmk