Nihoyat, B. Fernandesh penaltini golga aylatirolmadi

18 okt 2020, 01:52
Ayni paytda APLning 5-turi doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Nyukasl" uchrashuvi davom etmoqda.

LIVE  APL. "Nyukasl" - "Manchester Yunayted" 1:3 (matnli translyatsiya) 

Mazkur o'yinning 57-daqiqasida bosh hakam Kreyg Pouson "qizil iblislar" forvardi Markus Reshfordga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin penalti belgiladi.

To'p oldiga yaqinlashgan Brunu Fernandesh 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi – darvozabon Karl Darlou zarbani bartaraf qildi.

Shu tariqa portugaliyalik futbolchi MYU tarkibiga qo'shilganidan beri birinchi bor  penaltidan unumli foydalana olmadi. U bunga qadar "qizil iblislar" safida 10 marta penalti tepgan va barchasini golga aylantirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia