Hamkorlar Azmunni London va Mersisayd klublariga taklif etmoqchi

Eldor Akmurzayev
20 apr 2020, 19:18
“Zenit” forvardi Sardor Azmun top ligalarga yo'l olishi kutilmoqda.

Are Napoli manbasiga ko'ra, Azmunning atrofidagilar uning xizmatini “Arsenal” hamda “Everton”ga taklif etishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, eronlik hujumchi Angliyada o'ynashni orzu qiladi.

Shuningdek, “Napoli” ham 25 yoshli eronlikka bo'lgan qiziqishini saqlab qolmoqda. Neapolliklar sport direktori Kristiano Jintoli Azmunning hamkorlari bilan doimiy aloqda.

“Zenit” o'z futbolchisiga ko'plab klublar qiziqayotganidan xabardor bo'lgani bois, uning transferidan 30-35 million evro ishlab olishni ko'zlagan.

Avvalroq, Sardorga “Lester”, “Vest Xem” va “Atletiko” qiziqayotgani haqda xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Are Napoli