Hamidjon Aktamov: “Lokomotiv” bilan o'yindan so'ng yigitlarimda o'zlariga bo'lgan ishonchlari ortdi”

Narzulla Saydullayev
26 may 2018, 21:53
“Qo'qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.

- Bugun tomoshabop o'yin bo'ldi. Biz ham, maydon egalari ham g'alaba uchun maydonga tushishganligi ko'rinib turdi. Futbolchilarimga rahmat aytaman, ko'rsatmalarimni bekamu-ko'st bajarishdi. “Lokomotiv” bilan o'yindan so'ng yigitlarimda o'zlariga bo'lgan ishonchlari ortgan edi. “Qo'qon-1912” jamoasiga kelgusi o'yinlarda omad tilayman, - deydi Aktamov. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz