Hamidjon Aktamov: "0:2 hisobida yutqazib turib g'alaba qozonishgani uchun yigitlarga rahmat"

Narzulla Saydullayev
5 mar 2016, 21:44
"Qizilqum" - "Mashal" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov qatnashdi.

"O'yin qiyin kechishini bilardik. "Mashal" bizga doim noqulay raqib bo'lib kelgan. 0:2 hisobida yutqazib turib g'alaba qozonishgani uchun barcha yigitlarga rahmat aytaman. Bugun teng o'yin bo'ldi, shunchaki biz ko'proq gol urdik. Alisher Yusupovning birinchi bo'limda almashtirilishiga sabab uning jarohat olgani bo'ldi".

"Maydon sifati a'loda darajada. Hech qanday kamchilik yo'q, faqat tushib futbol o'ynash kerak xolos. Mashg'ulotlarda penalti tepish bo'yicha shug'ullanamiz. Shtatli penaltichilarimiz bor. To'g'ri safimizda 30 yoshdan oshgan futbolchilar ko'p, ammo bu bilan ular qarib qoldi deya olmayman. Kuchi etsa 40 yoshgacha ham o'ynasa bo'ladi. Jamoamizning o'rtacha yoshi 28,5 yoshga teng".

"Jamoa 11 mart kuni Qarshiga yetib boramiz. Yigitlarga bir kun dam beramiz va Navoiyda mashg'ulotlarni davom ettiramiz".

"Maqsadimiz 8-o'rin emas, undan ham yuqoriroq o'rinlarni egallash", - deydi Hamidjon Aktamov. 


"Qizilqum" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia