Hakim Fuzaylov - "Xorazm" klubi bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
17 may 2024
Proliga 7-turidan so'ng 10 ochko bilan 5-o'rinni egallab turgan "Xorazm" amaldagi bosh murabbiy Ruslan Ahmedovni iste'foga chiqardi.

Tomonlar o'zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi.

Uning o'rniga rossiyalik mutaxassis Hakim Fuzaylov "Xorazm" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Mutaxassis klubni 2024 yilgi mavsum yakuniga qadar boshqarishi ko'zda tutilgan.

Ma'lumot uchun, Hakim Fuzaylov Pro ligadagi muvaffaqiyatlari bilan yaxshi tanish. Jumladan, u 2021 yil "Dinamo" klubi bilan Pro ligada ishlagan bo'lib, yakunda jamoani Superligaga olib chiqqandi. 2022 yil esa "Buxoro" klubi bilan Pro ligada muvaffaqiyatli ishtirok etib, mazkur jamoaning ham Superligaga yo'l olishiga katta hissa qo'shgandi.


PRO LIGA MUSOBAQA JADVALI




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia