Hakim Fuzaylov: "Futbolchilarimizga ozgina dadillik yetishmadi"

Mirjalol Normatov
8 avg 2025, 22:18
Superliga 17-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Surxon" (2:2) uchrashuvidan so'ng "Xorazm" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- O'yin haqida nima deyishim mumkin, biz Superligada qolish uchun har bir bahsda jang olib boryapmiz. Bugun esa ikki ochko yo'qotdik deb o'ylayman, chunki yaxshi harakat qildik, biroq futbolchilarimizga ozgina dadillik yetishmadi. Issiq ob-havoda har uchinchi-to'rtinchi yoki to'rtinchi-beshinchi kunda maydonga tushishimizga to'g'ri kelyapti. Bunday vaziyatda asosiy e'tibor tiklanishga qaratiladi. Vaziyatlar bo'ldi, faqat gol urishimiz kerak edi. Jamoamizga biroz omad ham yetishmadi. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia