Hakim Fuzaylov: "Do'stlik"ning o'yinida murabbiy imzosi ko'rina boshlagan"

Administrator
12 iyun 2024, 23:16
Pro liga 12-turidan o'rin olgan "Do'stlik" – "Xorazm" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida qatnashdi

– O'yin haqida

– Yigitlarga shunday issiqda o'ynashganiga rahmat aytaman. O'yin tempinini ham ushlab berishdi. Ustunlik bizda bo'ldi. Bugun eng muhimi g'alaba qozondik. Turnir juda qiziq kechmoqda. Muhimi hali Pro liga uzoq davom etadi. Muhim o'yinlar oldinda.

– Bugungi raqib haqida nima deya olasiz?

– Ular juda kuchli edi. O'tgan turda Pro liga peshqadamiga qarshi qanday harakat qilishganini ko'rdik. "Buxoro"ga qarshi zo'r o'yin ko'rsatishdi. "Do'stlik" murabbiyini yaxshi bilaman, jamoada uning imzosi ko'rina boshlagan. Jamoa futbol o'ynashga harakat qilmoqda. To'pni ko'proq nazorat qilishni rejalashtirgandik. Umuman olganda yigitlar yaxshi harakat qilishdi.

– Uchrashuvning soat 17:00 da boshlanishi normal holatmi?

– Bu normal emas. Bizning chiptalar ma'lum bir vaqtga olingani sabab o'yinni vaqtliroq boshlashga to'g'ri keldi. Toshkentda Xorazmchalik issiq emasligi foydamizga ishladi. Xorazmda bu vaqtda o'yinni boshlash ilojsiz edi. Inson organizmi bir xil, issiqda harakat qilish qiyin.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia