Gyundogan: "Manchester Siti" - Chempionlar ligasi chorak final favoriti emas"

Aslanov Jasurbek
17 mar 2018, 17:43
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Chempionlar ligasi 1/4 final qur'asi natijalari haqida fikr bildirdi.

Bu bosqichda "shaharliklar" "Liverul"ga qarshi o'ynashadi.

"Joriy mavsum APLda ularni taslim etganmiz (5:0) va bir marta mag'lub ham bo'ldik (4:3). Qur'a oldidan biz uchun "Liverpul" eng yaxshi variant deb o'ylamagandik. Biroq bu kuchimizni ko'rsatish uchun belgi.

Bu bosqichda favorit emasmiz, lekin qolganlar orasida yetakchini ajratish qiyin.

Oldinda ko'plab o'yinlar bor, ammo haqiqatdan ham bu bahslarni sabrsizlik bilan kutyapman" - deydi Gyundogan.

Eslatib o'tamiz, birinchi o'yin 4 aprel kuni "Enfild"da, javob uchrashuvi esa 10 aprel "Etixad"da o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror