

34 yoshli futbolchi Pep Gvardiolaning kelajakdagi rejalaridan o'rin olmagan va shu sababli u jamoani tark etishni istamoqda. Germaniyalik futbolchi Bundesliga qaytishi mumkin. U "Bayer" bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishib bo'lgan. Endi tomonlar transfer narxini kelishib olsa, bo'lgani.
Ma'lumot uchun, Gyundogan 2016-2023 va 2024-2025 yillar oralig'ida "Manchester Siti"da harakat qilgan. U jamoa safida jami 358 ta uchrashuvda maydonga tushib, 65 ta gol urgan va yana 47 ta golga assist bo'lgan.



