Gyundogan jarohatdan forig' bo'ldi va mashg'ulotlarni boshladi

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2017, 00:26
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan besh yarim oylik tanaffusdan keyin mashg'ulotlarni boshladi.

26 yoshli xavbek tizzasidan olgan jarohati bois jarrohlik stoliga yotqizilgandi. Ayni paytda u jamoasining mashg'ulotlariga qaytdi va shifokorlar nazorati ostida individual mashg'ulotlarni boshladi.

Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi a'zosi o'tgan yili “Etixad”ga ko'chib o'tgandi va “shaharliklar” safida APLda atigi 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Манчестер Сити" Твиттер саҳифаси