Gyundogan Ilkayning "Galatasaroy"ga o'tishi haqidagi ma'lumotni inkor etdi

Omonjon To`xtamirzayev
17 noya 2023, 13:19
"Barselona" yarim himoyachisi Ilkay Gyundoganning akasi va agenti Ilxan Gyundogan futbolchi "Galatasaroy"ga o'tish haqida o'ylayotganini inkor etdi.

"OAVda chiqayotgan ko'plab xabarlar haqiqatdan yiroq. "Galatasaroy"ning "Bavariya"ga qarshi o'yinidan avval Ilkayning kelajagi borasida gaplashish uchun hech kim bilan ko'rishmadim. Hech qanday dialog, muzokaralar yoki shunga o'xshash biror nima bo'lmagan. Vaziyatga oydinlik kiritishni istayman. Na men, na Ilkay, bunday ma'lumot qayerdan chiqayotganini bilamiz. Ilkay "Barselona"da baxtli. U faqatgina gollar va jamoaning g'alabalari haqida o'ylamoqda", - dedi Ilxan Gyundogan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: football-espana.net