

"Mario Gyotceni "Bavariya" bilan yana ikki yillik shartnomasi mavjud. "Bavariya" unga imkoniyat berishga tayyor. Biroq jamoada qolish-qolmaslikni futbolchining o'zi hal qiladi. Mario Gyotce kelajagi borasida o'zi bir qarorga kelishi kerak", - deydi "Bavariya" klubi kengash raisi Karl-Xaync Rummenigge.
Eslatib o'tamiz, Mario Gyotce "Bavariya" asosiy tarkibdan muqim joy ololmayotgani bois jamoasini almashtirishi mumkin. Germaniya terma jamoasi futbolchisi uchun Turinning "Yuventus" klubi jiddiy qiziqmoqda.



