Gvardiolaning Bavariyadan nima uchun ketgani ma'lum bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
25 dek 2015, 19:05
Xosep Gvardiolaning Bavariyadan ketishiga nima turtki bo'lgani ma'lum qilindi.

Rahbariyat va murabbiyning transfer siyosatida gapi bir yerdan chiqmagani uchun ispaniyalik murabbiy shartnomani uzaytirishni istamadi. Pep o'tgan yozda qanot himoyasiga Danilo yoki Matteo Darmianni sotib olishni so'ragandi, bu Filipp Lamga to'laligicha tayanch yarim himoyachisi bo'lishiga zamin yaratardi. Biroq rahbariyat maydon markaziga Arturo Vidalni sotib oldi va Lam qanot himoyasiga qaytdi. Bundan tashqari Gvardiola Toni Kroosning Realga sotilishiga qarshi bo'lgan ekan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: goal.com