Gvardiola transferlar uchun 300 mln funt oladi. "Siti" ikki markaziy himoyachi va Sanega o'rinbosar xarid qiladi

Alisher
25 iyul 2020, 17:17
"Manchester Siti"ning yozgi transferlar oynasidagi rejalari ma'lum bo'ldi.

"Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning ayrim chiziqlarini kuchaytirmoqchi. 49 yoshli mutaxassis tarkibni kuchaytirish uchun 300 million funt atrofida mablag' oladi.

Klubning bosh maqsadi - markaziy himoyani kuchaytirish. Qayd etish kerakki, "Siti" bu chiziqqa bitta o'ng oyoqda, bitta chap oyoqda harakat qiladigan himoyachi oladi. Da'vogarlar orasida Kalidu Kulibali ("Napoli"), Diego Karlos ("Sevilya") va Milan Shkrinyar ("Inter") bor. Bundan tashqari, "shaharliklar" David Alaba ("Bavariya") va Natan Ake ("Bornmut")ni ham xarid qilishlari mumkin.

Shunday ekan Jon Stounz va Nikolas Otamendining "Siti"dagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda.

Bundan tashqari "Siti" "Bavariya"ga o'tgan Leroy Sanega o'rinbosar topishi kerak. Klub katta ehtimol bilan bu joyga "Valensiya"dan Ferran Torresni olib keladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es