Gvardiola: "Tottenxem" APL chempionligi uchun haqiqiy da'vogar"

16 avg 2019, 21:50
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLdagi asosiy raqibi haqida aytib o'tdi.

"Tottenxem" haqida ko'p gapirganman. Ular haqida mening fikrim va so'zlarimni yaxshi bilasiz. Ular Yevropada eng yaxshi ikkinchi jamoa. Men uchun bu etarli. Angliyaga kelganimdan beri ular haqiqiy da'vogar bo'lib kelishgan. Birinchi mavsumda ular ikkinchi bo'lishdi. Oxirgi ikki yilda ham har doimgi joyida. Har safar "shporlar" og'ir jamoa va ularga qarshi qiyin o'yinlar bo'ladi.

Top-6da barcha jamoalar sovrin uchun da'vogar hisoblanishadi. "Chelsi"ning MYU va "Liverpul"ga qarshi o'yinlaridan hayratlandim. Ular g'alaba qozonishmadi, lekin yaxshi harakat qilishdi. Frenk Lempard jamoasi. 

"Arsenal" ham yaxshi futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi. Pepe, Luis va Dani Sebalos. Oldinda Lyakazett va Obameng ham bor. "Tottenxem"da ham shunday. Ular haqiqiy da'vogarlar", - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com