Gvardiola "Siti"dagi "yangilar"ning o'yiniga baho berdi

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2026
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL 23-turi doirasida "Vulverxempton" ustidan qozonilgan g'alaba (2:0) haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Oxirgi 4-5 o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan jamoaga qarshi bahsda muvaffaqiyatsizliklar seriyasiga chek qo'yishimiz shart edi. Men natijadan mamnunman.

Shuningdek, Marmushning harakatchanligi va energiyasi menga juda yoqdi. Gehi ham o'zini juda yaxshi ko'rsatdi. "Kristal Pelas"da sardorlik qilish uchun alohida iqtidor sohibi bo'lish kerak, men undan mamnunman. U va Semeno - o'yinni tez tushunadigan ajoyib futbolchilar", - dedi Gvardiola.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: NBC Sports