Gvardiola: “Siti” har doim sovrin uchun kurashishga majbur”

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola nima sababdan jamoasi tarkibida yosh futbolchila maydonda kamroq vaqt harkat qilishiga izoh berdi.

“Yosh futbolchilarning o'z iqtidorini namoyish etishi bosqichma-bosqich amalga oshadigan jarayon. Ammo jamoaning asosiy talablaridan biri – mayli, Chempionlar ligasida g'olib chiqmaylik, ammo klub barcha turnirlarda sovrin yutish uchun kurash olib borishga majbur. Buning uchun esa ko'proq tajribali futbolchilarning mahoratiga tayaniladi.

Bizning yosh futbolchilar shubhasiz iqtidorli va shu bois ular maydonga tushishmoqda. Ammo masalaning yana bir tomoni biz har kuni Angliya va Yevropaning eng kuchli jamoalari bilan kurashishmizga to'g'ri kelmoqda. Buning uchun bizga Davil Silva, Kevin de Bryuyne, Serxio Aguero va Fernandinolar zarur.

Yosh futbolchilar bilan bu narsani amalga oshirish mushkul. Ular bizga yordam berishlari shart, ammo ularga g'alabalarning poydevori sifatida qarab bo'lmaydi”, dedi Gvardiola.


Manba: Sky Sports