

“Biz avvalgi uchrashuvlarga qaraganda bu bahsda to'pni ko'proq o'z nazoratimizda saqlab turdik. Ko'plab vaziyatlarni yaratdik. Penaltiga qadar ham uch yoki to'rt marta gol urish uchun imkoniyatga ega bo'ldik. Ikkinchi va uchinchi goldan keyin vazifamiz ancha osonlashdi.
Safarda g'alaba qozonish muhim. Ammo bu oson ish emas. Istardimki, muxlislar bizga ishonishsin", deydi ispaniyalik murabbiy.



