

"3 aprel kuni "Aston Villa" bilan o'ynaymiz, so'ngra "Kristal Pelas"ga qarshi bahs shanbada. Shundan so'ng "Real"ga qarshi o'yin uchun Ispaniyaga yo'l olamiz. Raqibda tayyorgarlik uchun to'qqiz kun bo'ladi. Bu katta farq", - deydi ispaniyalik mutaxassis.
"Manchester Siti"ning "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final ilk o'yini 9 aprel kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi. Javob bahsi 17 aprel kuni Manchestyerda o'tkaziladi.



