Gvardiola: "Real" juda kuchli bo'lgani tufayli, ketma-ket ikki marotaba Chempionlar ligasida g'olib bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2017, 11:40
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi, hozirda "Manchester Siti"ni boshqarayotgan Xosep Gvardiolaning fikricha, "Real" munosib ravishda ketma-ket ikki marotaba Chempionlar ligasida g'olib bo'ldi.

"Real"ning barcha davrlardagi jamoasi menga kuchli tuyulgan. Men Pellegrini va Mourinyo jamoalariga qarshi o'ynaganman. "Real" juda kuchli bo'lgani tufayli ketma-ket ikki yil Chempionlar ligasida g'olib chiqdi. Masalan, biz Pellegrini jamoasiga qarshi kurashda chempion bo'lishimiz uchun 99 ochko to'plashimiz kerak edi. Ular 97 ochko to'plashgan" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca