Gvardiola: "Raqib darvozaboni yaxshi turdi"

Tolibjon Qosimov
25 avg 2018, 22:12
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL 3-turi doirasida "Vulverxempton" bilan qayd etilgan durang (1:1)dan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu yaxshi natija. Biz ko'plab vaziyatlar yaratdik va sifatli futbol ko'rsatdik. Lekin, ularning darvozaboni (Ruy Patrisiu) yaxshi turdi. Shunaqasi ham bo'lib turadi. Norozi bo'lishimiz shart emas", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ВВС