Gvardiola: “Odamlar qatorasiga ikkinchi o'yinda ham 5:0 hisobidagi g'alabamizni kutishadi, ammo...

31 yanv 2021, 08:55
“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL 21-turida “Sheffild” (1:0) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“O'tgan o'yinda “Vest Bromvich”ni 5:0 hisobida taslim etganimizdan keyin ko'pchilik insonlar bu bellashuvda ham shu hisobni qayd etishimiz lozim deb hisoblaydi. Ammo vaziyatga real qaraylik, biz ertaklarda yashayotganimiz yo'q.

“Sheffild” bugungidek o'yin ko'rsatib, turnir jadvalining so'nggi pog'onalarida borayotaniga e'tibor qaratsangiz APLning qanchalik kuchli liga ekanligini anglaysiz. Biz har yili aynan shu jamoaga qarshi muammolarga duch kelamiz.

Biz kabi dekabr va yanvarda stabil o'yin ko'rsatish – fantastik ish. Biz hali ochko yo'qotamiz. Ammo holatga qarshi qanday chora ko'rishimiz kerakligi meni qiziqtirmoqda. Har bir bellashuv qiyin kechadi. O'ylashimcha, biz  oldimizdagi muvaffaqiyatsizliklarga qarshi to'g'ri chora qo'llay olamiz”, dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Manba: ВВС