Gvardiola: "Odamlar bizni nohaq tanqid qilishmoqda"

Оқил Абдубарноев
11 may 2022, 23:43
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa transfer xarajatlari uchun nohaq tanqid qilinganini aytdi.

“Odamlar ko'p pul sarflayotganimiz haqida gapirishmoqda. O'ylab ko'ring, 70-80-yillarda “Liverpul” yoki keyinroq “Yunayted” ko'p mablag' sarflagan, ammo bu pullar hozirgisidan butunlay farq qiladi”, - deydi Gvardiola.

"Manchester Siti" allaqachon transfer mavsumini Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandni xarid qilish bilan ochdi. Norvegiyalik hujumchining tovon puli 75 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports