Gvardiola "Manchester Siti" himoyachisini maqtadi

Sherzod Nurmatov
15 dek 2025
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Kristal Pelas"ga qarshi (3:0) o'yindan keyin jamoaning portugaliyalik himoyachisi Ruben Diash haqida ta'kidlab o'tdi.

"Ruben Diash - qoyilmaqom lider. Barqaror, jarohatlarsiz o'ynayapti, jamoadoshlarini qanday boshqarishni biladi, ularga ko'p narsani uqtiradi. U - biz uchun uzoq yillarga mo'ljallangan ulkan topilma! Haqiqiy sardor, haqiqiy yetakchi", – dedi Pep o'yindan keyin.

28 yoshli Diash joriy mavsum "shaharliklar" safida 21 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.

Gvardiola shogirdlari chempionlik uchun kurashda "Arsenal"ni quvib kelmoqda. Hozirda "Manchester Siti"ning hisobida 34 ochko bor, jadval peshqadami "kanonirlar" esa 36 ochko to'plagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian