Gvardiola: “YCHLni har yili yutish ilojsiz. Albatta, agar “Real” bo'lmasang”

Eldor Akmurzayev
22 fev 2023, 11:31
“Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola Chempionlar Ligasi 1/8 finali doiraisda “RB Leyptsig”ga qarshi bahs oldidan "shaharliklar"ning musobaqada g'olib chiqolmayotgani uchun unga bo'layotgan bosimlar haqida fikr bildirdi

“YCHLda har yil ketma-ket 3 yoki 4 marta g'olib bo'lishning iloji yo'q. Faqat sizning jamongiz Madridning “Real”i bo'lmasa.

Menimcha, elkamga kimdir katta bosim o'tkazyapti deya olmayman. Angliyaga kelganimda, har yili Premer-ligada g'olib bo'lishim kerak deb o'ylamaganman”, deydi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, “Red Bull Arena”dagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23 fevralga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca