Gvardiola: "Arsenal" shunday o'ynashda davom etsa 100 yoki undan ko'p ochko to'playdi"

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2023, 01:09
"Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola Angliya Premer-ligasidagi chempionlik uchun poyga haqida fikr bildirdi.

Ayni damda "Manchester Siti" 2-o'rinda va "Arsenal"dan 8 ochko ortda qolmoqda, biroq "shaharliklar" yetakchilardan bitta o'yin kam o'tkazishgan.

"Oradagi farqni qisqartirish uchun yaxshi o'ynash va g'alaba qozonish kerak.

"Arsenal" shunday o'ynashda davom etsa 100 yoki undan ko'p ochko yig'a oladi. Biz ularni quvib yetishimiz juda qiyin bo'ladi.

"Siti" ularga yetib olishi uchun ideal o'yin ko'rsatishi va "Arsenal"da yo'qotishlar bo'lishi kerak. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC