Gvardiola Agueroga APL klublarining qiziqish bildirayotgani haqida gapirdi

Alisher
10 apr 2021, 15:08
"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola mavsum so'nggida "shaharliklar" bilan shartnomasi tugaydigan Serxio Agueroga Angliya klublarining qiziqishi haqida gapirdi.

"Aguero APLda qolishi mumkin? Unga faqatgina eng yaxshi tilaklarni tilayman. U faoliyatining so'nggi qismi uchun eng yaxshi joyni topsin.

Biz hurmat bilan uning qarorini qabul qilamiz. Uni har qanday holatda qo'llab-quvvatlaymiz", - deydi ispaniyalik mutaxassis.

32 yoshli futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal