Grizmann termasi tarkibida ketma-ket 36-o'yinida qatnashdi

Mirjalol Normatov
6 sen 2020, 15:29
Hujumchi Antuan Grizmann Millatlar ligasi 1-turi doirasida Shvetsiyaga qarshi bahsda ishtirok etdi.

Francuzlarning safardagi 1:0 hisobi bilan yakunlangan g'alabasida Grizmann termasi tarkibida ketma-ket 36-o'yinida qatnashdi. Bu esa davomiyligi bo'yicha terma tarixidagi ikkinchi natijadir. Bunga qadar sobiq yarim himoyachi Patrik Vieyra ketma-ket 44 o'yinda terma libosida maydonga tushgan.

Eslatib o'tamiz, Grizmann ushbu uchrashuvda ketma-ket uchinchi marta penaltidan gol ura olmadi va terma tarixidagi antirekordni qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal