

Moss Mourinyoni chetlatib to'g'ri qildi. Mourinyo u suv idishini g'azab bilan tepganini barcha ko'rdi.
MYU muxlislari ularning murabbiyiga doim boshqalardan keskinroq jazo berilishidan xafa bo'lishlari mumkin, lekin hakamlar Mourinyoning harakatlariga ko'p bor bee'tibor bo'lishgandi.
Mourinyo hakamlarni hurmat qilmaydi, o'tgan yil ham Moss Jozeni chetlatgan edi.
Hakamlar o'z ishlarini qilishadi, endi FA ham o'z ishini qilishi kerak. 6 o'yinlik diskvalifikaciya yordam berishi mumkin, – deb yozadi Poll o'z kolonkasida.
Portugaliyalik murabbiy mavsumda ikkinchi bor 2 o'yinlik diskvalifikaciya olishi mumkin.



