Golden Boy uchun nomzodlarning yakuniy ro'yxati e'lon qilindi

Alisher
15 okt 2020, 16:17
Yevropaning 2020 yildagi eng yaxshi yosh o'yinchisi nomi uchun 20 futbolchining nomzodi taqdim etildi.

Eslatib o'tamiz, Golden Boy mukofoti uchun 21 yoshda katta bo'lmasligi va Yevropa chempionatlarining birida yuqori divizionda o'ynashi kerak. G'olib yetakchi sport nashrlari jurnalistlarining ovoz berishi bilan aniqlanadi.

Da'vogarlarning to'liq ro'yxati: Mitchel Bakker (Pari Sen-Jermen, Niderlandiya), Eduardo Kamavinga (Renn, Fransiya), Jonatan Devid (Lill, Kanada), Alfonso Devis (Bavariya, Kanada), Serjino Dest (Barselona, AQSH), Fabiu Silva (Vulverxempton, Portugaliya), Ansu Fati (Barselona, Ispaniya), Fil Foden (Manchester Siti, Angliya), Rayan Gravenberx (Ayaks, Niderlandiya), Meyson Grinvud (Manchester Yunayted, Angliya), Erling Xoland (Borussiya, Dortmund, Norvegiya), Kallum Xadson-Odoi (Chelsi, Angliya), Deyan Kulushevski (Yuventus, Shvetsiya), Rodrigo (Real, Braziliya), Bukayo Saka (Arsenal, Angliya), Jeydon Sancho (Borussiya, Dortmund, Angliya), Dominik Soboslai (Red Bull Zalcburg, Vengriya), Sandro Tonali (Milan, Italiya), Ferran Torres (Manchester Siti, Ispaniya), Vinisius Junior (Real, Braziliya).

Mukofotning amaldagi g'olibi Madridning "Atletiko" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Joau Feliks hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: tuttosport.com