Lamin Yamal "Golden Boy" sovrinini qo'lga kiritadi. Bu haqda bugun e'lon qilinadi

Tolibjon Qosimov
27 noya 2024, 18:53
Lamin Yamal yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini qo'lga kiritadi.

"Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasining 17 yoshli vingeri "Golden Boy" sovrinining sohibiga aylanadi. Bu haqda "Diario Sport" nashri ma'lum qildi. Bu haqda rasman bugun e'lon qilinadi.

"Golden Boy" – Yevropada yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan sovrin. Uni Italiyaning "Tuttosport" gazetasi topshiradi. Sovrinning o'tgan yilgi sohibi Jud Bellingem hisoblanadi.

Golden Boy sovrini uchun 25 nafar yosh futbolchi nomzodi ma'lum qilindi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport.es