17 yoshli Lamin Yamal "Golden Boy" sovrinini qo'lga kiritdi!

Administrator
27 noya 2024
Futbolchi Yevropadagi eng yaxshi yosh o'yinchi nominaciyasida g'olib bo'ldi.

"Barselona" klubi va Ispaniya termasi o'yinchisi Lamin Yamal "Golden Boy" sovrinini qo'lga kiritdi. "Golden Boy" sovrini Yevropadagi eng yaxshi yosh o'yinchi uchun beriladigan sovrin hisoblanadi. 

Ushbu sovrin Italiyaning Tuttosport nashri tomonidan taqdim etiladi. O'tgan yili bu nomga "Real" futbolchisi Jud Bellingem loyiq ko'rilgandi.

Ma'lumot uchun, ushbu sovrin uchun nomzodlar ro'yxatida o'zbekistonlik Abduqodir Husanov ham bor edi.


AdministratorMuallif
Manba: Tuttosport